Savollaringizga javoblar.
Shirin shaharchasi qayerda joylashgan?
Samarqand shahrining shimoliy qismida, Zarafshon daryosi bo‘yida, xalqaro yo‘l va aeroport yaqinida. Umumiy maydoni 665,1 gektar, qirg‘oq chizig‘i 9,7 km.
Shaharchada qancha aholi yashaydi?
Bosh reja bo‘yicha 180 ming aholi uchun mo‘ljallangan; 60 ming yangi ish o‘rni yaratiladi, 37 500 xonadon quriladi.
Yer maydonlari qanday beriladi?
Yer maydonlari auksion orqali sotiladi. Hozirgacha 20 gektarlik 15 ta lot 121 mlrd so‘mga sotilgan; yaqin rejalarda yana 8 gektar bo‘sh yer auksionga qo‘yiladi. Lotlar va ularning holati xaritada ko‘rsatilgan.
Qurilish qachon yakunlanadi?
Loyiha 2026–2030-yillarni qamrab oladi: poydevor davri (2026–2027), qurilishning avj pallasi (2027–2028) va yakunlash hamda ekspluatatsiya (2028–2030).
Maʼmuriy markaz qachon quriladi?
Viloyat maʼmuriy markazi birinchi navbatda joylashtiriladi. 2026–2028-yillarga 50,0 mlrd so‘m ajratilgan, pudratchi bilan shartnoma imzolangan, 2027-yil aprelgacha parallel loyihalash ruxsat etilgan.