Ichimlik suv va oqova suv
Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi (Abu Dabi jamg‘armasi): 22 foiz bajarilgan.
Asos: Prezidentning 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son qarori 6-ilovasi. Buyurtmachi: Samarqand viloyati hokimligi. Bosh loyihachi: «ARX-IDEYA PROJECT» MChJ. Bosh pudratchi: «Maxsus suv qurilish» va «Mesmer-east» QK.
Shartnoma qiymati: 16,8 mln dollar. Hajm: ichimlik suv inshooti, 5,09 km ichimlik suv tarmog‘i, 15 ta suv quduqi, 2 ta suv havzasi, nasos stansiyasi, xlorator binosi; 4,4 km oqova suv tarmog‘i; Cho‘pon-ota va Dahbed suv inshootlariga 5 MVt (har biriga 2,5 MVt) quyosh fotoelektrostansiyasi.
Bajarilgan: 3,7 mln dollar (22%); moliyalashtirilgan: 3,2 mln dollar. Qurilish 2026-yil iyulda boshlangan; foydalanishga topshirish — 2027-yil dekabr.