Shahar kundaligi.
Shirin hayoti, loyihalari va yangi imkoniyatlari haqida.
Bosh reja uchun SAKO Architects taklifi tanlandi
↗9 ta xorijiy loyiha institutiga yuborilgan so‘rovga 5 ta kompaniya taklif bergan. Viloyat faollari ishtirokidagi taqdimotda yaponiyalik «SAKO Architects» taklifi maʼqul topildi; bosh reja shu institut bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.
05/01/2026Viloyat maʼmuriy markazi qurilishi uchun 50 mlrd so‘m ajratildi
↗Samarqand viloyat hokimligi va davlat organlari uchun yangi bino va inshootlar qurish maqsadida 2026–2028-yillarga respublika byudjetidan 50,0 mlrd so‘m ajratildi. Manzilli ro‘yxat va xarajatlar smetasi tasdiqlangan, pudratchi bilan shartnoma imzolangan.
23/09/2026Qoradaryo ustidagi ko‘prik qurilishi 74 foizga bajarildi
↗260,7 mlrd so‘mlik ko‘prik obyektida 192,4 mlrd so‘mlik ish bajarildi. Tayanch va oraliq qurilmalar montaji, piyoda va velo yo‘laklari qurilishi tugallangan, tunnel qurilishi 95 foizga yetgan.
23/09/2026Zarafshon qirg‘oqlarini mustahkamlash: 69 foiz bajarildi
↗Qirg‘oqlarni tiklash va betonlash ishlarining 1-bosqichida o‘ng qirg‘oqda 1500 metr qismida beton ishlari tugatildi, chap qirg‘oqda ishlar davom etmoqda.
23/09/2026Shirin hududida 15 ta lot 121 mlrd so‘mga sotildi
↗Shirin shaharchasi hududidan 121 mlrd so‘mga 20 gektarlik 15 ta lot sotildi va auksion g‘oliblariga belgilangan tartibda yer maydonlari ajratib berildi. Yaqin rejalarda yana 8 gektar bo‘sh yerni auksionga qo‘yish bor.
23/09/2026Shirin «Business city» ro‘yxatiga kiritildi
↗Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 134-son qaroriga asosan Shaharcha «Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga kiritildi.
30/03/2026Davlat tashkilotlari Shiringa ko‘chiriladi: 49 va 97 ta idora
↗Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-yanvardagi qaroriga ko‘ra 49 ta, Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoniga ko‘ra yana 97 ta davlat tashkiloti Samarqand shahri markazidan yangi maʼmuriy markazga ko‘chirilishi belgilandi.
27/08/2026