SHIRINSAMARQANDNING YANGI MARKAZI
Jonli efirHozir va kelajakFotogalereyaVideogalereyaQurilish jarayoniTadbirlarHamkorlarHujjatlar
Qidiruv
MurojaatlarimBog‘lanish
Loyihalar
Maʼmuriy markaz

Viloyat maʼmuriy markazi

Samarqand viloyat hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlari uchun yangi bino va inshootlar majmuasi.

Viloyat maʼmuriy markazi

Maʼmuriy markazning bosh rejasi 28 gektar maydonda tayyorlanmoqda (Yaponiyaning «SAKO Architects» kompaniyasi va «O‘zshaharsozlikLITI» DM hamkorligida). Viloyat hokimligi va davlat organlari uchun yangi bino va inshootlar qurish obyekti — 15 gektar.

Qurilish ostidagi maydon: 9,4 ming kv.m. Foydali maydon: 45,3 ming kv.m. Umumiy maydon: 50,9 ming kv.m (jami 50 998 kv.m).

Qavatlar bo‘yicha maydon: -1-qavat — 8 755,2; 1-qavat — 9 458,9; 2-qavat — 5 177,8; 3-qavat — 5 041,8; 4–7-qavatlar — 5 177,8 dan; 8-qavat — 1 853 kv.m.

2026–2028-yillarga respublika byudjetidan 50,0 mlrd so‘m ajratilgan; manzilli ro‘yxat va xarajatlar smetasi tasdiqlangan, pudratchi tashkilot bilan shartnoma imzolangan. Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasi 2027-yil aprelgacha qurilishda parallel loyihalashga ruxsat bergan.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga ko‘ra 49 ta, Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoniga ko‘ra 97 ta davlat tashkiloti Samarqand shahri markazidan ko‘chirilishi belgilangan.