SHIRINSAMARQANDNING YANGI MARKAZI
Jonli efirHozir va kelajakFotogalereyaVideogalereyaQurilish jarayoniTadbirlarHamkorlarHujjatlar
Qidiruv
MurojaatlarimBog‘lanish
Loyihalar
Transport

Qoradaryo ustidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi

Oqdaryo tumanining sobiq R.Hamrayev hududini bog‘lovchi ko‘prik — qurilish yakuniy bosqichda.

Qoradaryo ustidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi

Buyurtmachi: «Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DM. Bosh loyihachi: «Ko‘prikqurilishloyiha» UK. Bosh pudratchi: «Ko‘prikqurilish tresti» UK.

Loyiha qiymati (QMI): 260,7 mlrd so‘m. Bajarilgan: 192,4 mlrd so‘m (74%). 2026-yilda bajarilgan: 124,4 mlrd so‘m. Moliyalashtirilgan: 240,6 mlrd so‘m (92%).

Ko‘prik uzunligi — 795 p/metr, kengligi — 29,8 metr, yo‘l toifasi — I, qatnov qismi — 4–6 tasmali.

Tayanch qurilmalar va oraliq qurilmalarni montaj qilish, piyoda va velo yo‘laklari qurilishi to‘liq yakunlangan. Piyodalar yo‘lagida metall panjaralar o‘rnatish — 80%. Tunnel qurilishi — 95%, pilon montaji — 100%, tunnel va ko‘prik oralig‘idagi ko‘tarma ishlari — 95%. Hozirda obyektda 105 ishchi va 30 texnika ishlamoqda.