Yangi shahar.
Yangi imkoniyatlar.
Yangi hayot.
Yashash, ishlash va orzu qilish uchun yaratilgan makon.
Shirin — tabiat va zamonaviy hayot uyg‘unligi.
Shunchaki manzil emas.
Hayot tarzi.
«Shirin» — Samarqand shimolida, Zarafshon bo‘yida 665 gektar maydonda barpo etilayotgan zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi. 180 ming aholi uchun qulay, xavfsiz va ekologik barqaror muhit: uy-joy, taʼlim, tibbiyot, ish o‘rni, transport, dam olish va raqamli xizmatlar yagona shahar muhitida.
Loyiha haqida batafsilTabiatga yaqin
Yashil hududlar va ochiq jamoat makonlari
Qulay shahar
Kundalik ehtiyojlar bir muhitda
Yangi imkoniyatlar
Tadbirkorlik va hamkorlik uchun makon
Inson markazda
Yashash va rivojlanish uchun qulaylik
Bugun tasavvur qiling.
Ertaga yashang.
Har bir loyiha — yangi imkoniyat.
Shaharchaning kelajak qiyofasi bilan tanishing.
Viloyat maʼmuriy markazi
↗Samarqand viloyat hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlari uchun yangi bino va inshootlar majmuasi.
23/09/2026Qoradaryo ustidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi
↗Oqdaryo tumanining sobiq R.Hamrayev hududini bog‘lovchi ko‘prik — qurilish yakuniy bosqichda.
23/09/2026Zarafshon daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash (1-bosqich)
↗Daryo qirg‘oqlarini tiklash va betonlash: loyiha 69 foiz bajarilgan.
23/09/2026Katta g‘oyangiz uchun
yangi manzil.
Shaharningbuguni.
Bosh reja uchun SAKO Architects taklifi tanlandi
↗9 ta xorijiy loyiha institutiga yuborilgan so‘rovga 5 ta kompaniya taklif bergan. Viloyat faollari ishtirokidagi taqdimotda yaponiyalik «SAKO Architects» taklifi maʼqul topildi; bosh reja shu institut bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.
05/01/2026Viloyat maʼmuriy markazi qurilishi uchun 50 mlrd so‘m ajratildi
↗Samarqand viloyat hokimligi va davlat organlari uchun yangi bino va inshootlar qurish maqsadida 2026–2028-yillarga respublika byudjetidan 50,0 mlrd so‘m ajratildi. Manzilli ro‘yxat va xarajatlar smetasi tasdiqlangan, pudratchi bilan shartnoma imzolangan.
23/09/2026Qoradaryo ustidagi ko‘prik qurilishi 74 foizga bajarildi
↗260,7 mlrd so‘mlik ko‘prik obyektida 192,4 mlrd so‘mlik ish bajarildi. Tayanch va oraliq qurilmalar montaji, piyoda va velo yo‘laklari qurilishi tugallangan, tunnel qurilishi 95 foizga yetgan.
23/09/2026